“Paxtakor” futbolchisi Evropaga yo‘l olmoqda

  • 28 avgust, 2020, 22:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

Ommaviy axborot vositalari Belarus chempionati oliy ligasi ishtirokchisi “Energetik-BGU” yana bir o‘zbek futbolchisi Humoyunmirzo Iminovni o‘z safiga taklif qilgani haqida xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 20 yoshli futbolchi ayni paytda minskliklar bilan muzokara o‘tkazmoqda va tez orada yangi jamoa tarkibiga qo‘shilishi mumkin.

“Energetik-BGU” joriy mavsumda “Paxtakor”dan Jasur Yaxshiboevni, AGMKdan Shahboz Umarovni ijaraga olgan edi. Har ikki futbolchi bu jamoa tarkibida o‘z mahoratini namoyish eta oldi. Jasur Yaxshiboev chempionatning eng yaxshi futbolchisi va eng ko‘p gol urgan hujumchi sifatida Belarusning qudratli jamoalaridan biri “Shaxtyor”ga taklif etildi.

image_1596211509_40234676

Shahboz Umarov ham mamlakatning ko‘pkarra chempioni BATE bilan shartnoma imzoladi va kelasi mavsumda borisovliklar safiga qo‘shiladi.  

c5d1a95fb01bdc77155c02936f11b3e7_1

Jasur va Shahbozning muvaffaqiyatli o‘yini xorijlik ekspertlar va murabbiylar e’tiborini o‘zbek futboliga qaratdi.

Humoyunmirzo Iminov 2019 yildan “Paxtakor” sharafini himoya qilib kelmoqda. U milliy chempionatdagi debyutini o‘tgan yili 19 oktyabr kuni Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi  uchrashuvda nishonlagan va keyin yana uchta o‘yinda maydonga tushgan.

Bu yilgi superliga bahslarida Humoyunmirzo “Buxoro” va “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuvlarda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Humoyunmirzo Iminov Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslarida Eronning “Shahr Xodro” jamoasi bilan bo‘lgan va “sherlarning” yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan bellashuvda Sardor Sobirxo‘jaev o‘rniga maydonga chiqib, qit’amiz klublarining eng nufuzli turnirida ham debyut qildi.

unnamed_51

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi hisoblangan Humoyunmirzo markaziy yarim himoyachi va hujumkor futbolchi vazifalarini bajara oladi. Transferlarga ixtisoslashgan transfermarkt portali Iminovning transferini 125 ming evroga baholagan.

“Paxtakor” “Bavariya” bilan bir reytingda. MYu va “Liverpul” bizdan orqada!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
28/08/2020 02:02
Ээээй билимдонла ит хам билади Белоруссия европага киришини!!! Мани гапимни магзини чакиб кейин ёзларинг!!!! Ман сарлавхасини айтдим европага кетади деб ёзмасдан аник Белоруссия деб ёзгин деганман. Шуни укиб кириб курмасдим МБ йукотиииииииииб деганман. Тушунарлими энди!!!!!! Россия хам европага киради. Нимага бумаса россияни Европа демайди.? Так что манга куп жирриламаларинг на .....уй!!!!!
&
нодирбек.фк насаф
27/08/2020 11:12
Беларусья ёвропага керади Осиё дисинми????
&
Насаф
27/08/2020 07:53
Сани нима деса булади. Кароче сан ушасан!!! Европга деб халкни ахмок килиб сайтинга киргазиб пул ишламасдан белоруссияга деб куйгин. Сан ушасан хамма нарсасан!!!!
Qudratilla Abdullayev
27/08/2020 10:02
Belorus bu yevropa emasmi? Logika qani?
27/08/2020 12:25
Катта бу́лса у́рганволади, уришманг)