
“Paxtakor”, “Neftchi”, “Andijon” va “Turon”dagi nollar
26 – 29 may kunlari Superligada 12-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.
Shu turga qadar 10 ta jamoa g‘alaba, durang va mag‘lubiyat qayd etishga ulgurdi. Faqatgina “Paxtakor”, “Neftchi”, “Andijon”, “Turon” bundan mustasno.
“Paxtakor”da 8 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat. Ammo “sherlar” durang o‘ynamadi. “Neftchi” 5 marta zafar quchib, 6 durang qayd etdi. Farg‘onaliklar bu mavsum Superligada mag‘lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgan yagona klub. “Andijon” 5 uchrashuvda raqibini engdi. 6 turda imkoniyatni boy bergan. “Burgutlar” hozircha murosa ko‘chasini tanlamagan. “Turon”da 4 durang, 7 mag‘lubiyat. Yaypanliklar hali bir o‘yinda 3 ochko jamg‘ara olmayapti.
FAKT! "Olimpik" bu mavsum Namanganda gol urgan ilk jamoa
“Navbahor” o‘z uyida o‘ynasa, unga raqobat qilish qiyin…
Ko‘rib turganingizdek bu 4 jamoada g‘alaba, durang yoki mag‘lubiyat yo‘q.
* “Paxtakor”ning “Nasaf”ga qarshi bellashuvi qoldirilgan. Shuningdek, butun boshli bitta tur ham keyinroqqa surildi.
Fikrlar