
Parij:2024 Guljanoy Naimova ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari finaliga chiqdi!
Hozirgina para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +65 kg vazn toifasida yarim final jangi o‘tkazildi. Ushbu jangda hamyurtimiz Guljanoy Naimova braziliyalik Debora Menezesni 9:3 hiobida mag‘lubiyatga uchratdi va hal qiluvchi final bosqichiga yo‘llanma oldi.
Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari chempioni Guljanoy Naimovaning oltin medal uchun kechadigan bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:48 da boshlanadi. Hamyurtimiz finalda meksikalik Fernanda Vargas va britaniyalik Emi Trusdeyl juftligi g‘olibi bilan jang qiladi.
Fikrlar