Parij Olimpiadasi uchun litsenziyalarimiz soni yana bittaga ortdi!

  • 17 iyun, 2024, 20:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Turkiyada o‘tayotgan kamondan otish bo‘yicha jahon litsenzion turniri o‘z yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Amirxon Sodiqov yakkalik dasturida Olimpiada yo‘llanmasiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Qayd etish joiz, Ziyodaxon Abdusattorova O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ushbu sport turida tarixiy dastlabki Olimpiada yo‘llanmasini taqdim qilgan edi. Bugun yo‘llanmalarimiz yanada ko‘paydi. Yana bir ahamiyatli tomoni, ushbu yo‘llanma evaziga Sodiqov Olimpiya o‘yinlarida Abdusattorova bilan mikst dasturida ham qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, Amirxonning bugungi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan delegatsiyamiz kamondan otish sportida uchta yo‘llanmaga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!