Paralimpiya. 5x5 futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi

  • 12 iyun, 2024, 21:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Bugun Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi futbol maydonida zaif ko‘ruvchi va ko‘zi ojizlar o‘rtasida 5x5 futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi.

Bu galgi mamlakat birinchiligida Respublikamizning turli hududlaridan jami 12 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Qashqadaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyati jamoalari bosh sovrin uchun asosiy da’vogarlar sifatida e’tirof etilmoqda.

Musobaqa 14 iyunga qadar davom etadi va sovrindorlar nomi shu kuni ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!