O‘zbekistonlik K-1 ustasi uch karra jahon chempioniga qarshi jang qiladi

CHERY AUTO

20 noyabr kuni Istanbul shahrida K-1 bo‘yicha o‘ziga xos jang kechasi tashkil etiladi. Mazkur turnir anchagina mashhurlikka erishib borayotgan "King of King" (KOK) doirasida bo‘lib o‘tadi. Kecha, ushbu  kechada hamyurtimiz Murodjon Ahmedov ham o‘z jangini o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Tecno

O‘zbekiston K-1 federatsiyasi rahbari Jasur Ne’matovning saytimizga ma’lum qilishicha, Turkiyada tashkil qilinayotgan mazkur oqshomda yana bir O‘zbekiston vakili Uzair Ismoiljonov ham ringga ko‘tariladi. U 71 kg vazn toifasida tom ma’nodagi jiddiy raqib, kikboksing bo‘yicha 3 karra jahon chempioni, Evropa chempioni ozarbayjonlik, "Lord" nomi bilan mashhur Ramal Aslanovga qarshi jang qiladi. 

Ma’lumot uchun, Ramalov professional faoliyati mobaynida 37 ta g‘alaba va 5 mag‘lubiyat qayd etgan. G‘alabalarining 13 tasida nokaut bilan yakunlagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!