O‘zbekistonlik jangchi qizga UFC va "Bellator"dan taklif bo‘lmoqda... U qay birini tanlamoqchi?

  • 4 iyun, 2020, 16:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

    GFC Rossiyaning nufuzli promoushenlaridan biri hisoblanadi. Avvalgi nomi "Battle on the Volga"bo‘lib, 2019 yildan GFC deb yuritila boshlangan. Ushbu promoushenda bir qator o‘zbekistonlik jangchilar faoliyat yuritadi.  Quvonarlisi, yurtdoshlarimiz orasida chempionlikka erishganlari ham bor. Jumladan, super engil vazn toifasida Lilya Shakirova amaldagi chempion hisoblanadi. Ma’lumki karantin pandemiyasi tufayli barcha turnirlar qatori GFC tashkil qiladigan jang kechalari ham to‘xtatilgan edi. Biz chempion vakilamizdan navbatdagi jang oqshomlari qachon boshlanishi mumkinligi, keyingi rejalari va himoya jangidagi ehtimoliy raqibasi kim bo‘lishi borasidagi fikrlariga qiziqdik.

Tecno

-To‘g‘risi, navbatdagi turnirlar qachon boshlanishi haqida ma’lumotga ega emasman. Karantin o‘z nihoyasiga etganidan keyin start olishini bilaman xolos. Yana kim biladi deysiz? Agar, GFC da faoliyatimni davom ettirsam, navbatdagi jangimda chempionlik kamarimni himoya qilaman. Raqibam borasida ham biror bir aniq ma’lumot bera olmayman. Chunki bir nechta Evropa, Osiyo va AQShning nufuzli promoushenlardan qiziqish bo‘lmoqda. Misol uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Bellator”, "Invicta"( faqat professional qizlar jang qiladigan promoushen), Singapurning "One Championship", Xitoyning WLF va Frantsiya hamda Chexiyadan ham takliflar bo‘ldi. UFC dan ham kutilmoqda. Lekin UFC da jang qilish katta tavakkalchilik bo‘ladi. Viza muammosi bo‘lmasa, katta ehtimol bilan "Bellator" yoki "Invicta" bilan shartnoma tuzaman va navbatdagi jangim o‘sha promoushenlardan birida bo‘ladi.

Lilyaxon 

Ma’lumot uchun, Lilya Shakirova faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan. Bir bora mag‘lubiyatga uchragan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!