O‘zbekistonlik jangchi Habib Nurmagomedov promoushenida jang qiladi

  • 27 iyul, 2021, 10:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

3 avgust kuni Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahri katta MMA kechasiga mezbonlik qiladi. Ya’ni, mazkur shaharda Habib Nurmagomedovga tegishli bo‘lgan EFC promousheni navbatdagi turnirini tashkil qiladi.

Tecno

Ushbu jang oqshomida O‘zbekiston vakili ham oktagonga ko‘tariladi. Bexzod Jiyanov hamda yurtimiz MMA olamining mashhur vakillaridan biri Nursulton Ro‘ziboevning shogirdi hisoblanuvchi Nodir Ahatjonov mezbon Osmon Abdulazizovga qarshi jang qiladi. Mazkur qarama-qarshilik -93 kg vazn toifasida o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz shu kunga qadar professional tarzda ikkita jang o‘tkazgan va har ikkisida g‘alaba qozongan. Uning raqibi esa  4-1 ko‘rsatkichga ega.

Omad yor bo‘lsin!

abdulazizov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!