
O‘zbekistonlik bokschi Evropa chempionini jahon chempionatidan chiqarib yubordi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
-54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘raev ispaniyalik Gabriel Eskobar bilan ringga ko‘tariladi. Jang 18:40dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz qizil formada, uning raqibi ko‘k libosda harakat qiladi.
Ilk raundni hamyurtimiz o‘z foydasiga hal qildi - 5:0.
Ikkinchi raundda ham Oybek Jo‘raevning qo‘li baland keldi - 4:1.
Uchinchi raundda hakamlar Oybek Jo‘raevning ustunligini qayd etishdi - 3:2. Yakuniy hisob 5:0. Oybek Evropa chempionini jahon chempionatidan chiqarib yubordi. O‘zi esa yarim finalga yo‘l oldi.
Fikrlar