
O‘zbekistonda tug‘ilib APLda o‘ynagan futbolchi faoliyatini yakunladi
Nigeriyalik mashhur hujumchi Piter Odemvingie futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qildi.
Ta’kidlash kerakki, 37 yoshli futbolchi Toshkentda tavallud topgan. U faoliyati davomida "Bendel Inshurens", "La-Luver", "Lill", "Lokomotiv", "Vest Bromvich", "Kardiff Siti", "Stok Siti", "Bristol Siti", "Roterem Yunayted" va "Maduru Yunayted" kabi jamoalarda to‘p surgan. Nigeriya terma jamoasi safida esa 65ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 11ta gol urishga erishgan.
Odemvingie Angliyadagi faoliyati davomida 3 marta APDda oy futbolchisi deb topilgan.
Fikrlar