O‘zbekiston xokkey terma jamoasi tashkil etiladi

  • 12 dekabr, 2019, 01:05
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

O‘zbekiston xokkey federatsiyasi (O‘XF) milliy terma jamoaga asos solishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Humo" direktori, O‘XF vitse-prezidenti Kirill Matveev aytib o‘tdi.

Tecno

"Biz mamlakat chempionatini o‘tkazganimizda yosh yigitlarning ikki mavsum o‘ynashlarini ko‘zdan kechirishni maqsad qilgan edik. Bu VXL bo‘ladimi yoki Qozog‘iston ochiq chempionati - shunda bizda xokkeychilarni mahalliylashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Sportchilar ham buni yaxshi bilishadi va ular bundan yutqazishmadi, chunki natija kundek ravshan.

Xokkey federatsiyasi so‘nggi yilda yangi arenani ishga tushirdi, VXLda o‘ynovchi "Humo" jamoasi va uning farm-klubi tashkil etilishiga erishdi.

Umid qilamanki, bir-ikki yil ichida milliy terma jamoa shakllanadi. U ko‘proq "Humo" va "Humo-2" klublarida o‘ynovchi mahalliylashtirilgan xokkeychilardan iborat bo‘ladi", - dedi Matveev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!