
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi nazorat o‘yinida durang qayd etdi
Azamat Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgani haqida xabar berib o‘tgandik. Terma jamoa a’zolari "Chig‘atoy" sport bazasida mashg‘ulotlar olib borishmoqda. Yig‘in davomida murabbiylar shtabi terma jamoaga nomzod bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazib olishmoqda. Shu bilan birga futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash borasida ham ish olib borilyapti.
Yig‘in doirasida O‘zbekiston U-16 terma jamoasi ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. Qarshining "Nasaf" yoshlar jamoasiga qarshi kechgan o‘yin 3:3 hisobida durang bilan yakuniga etgan bo‘lsa, "Lokomotiv" jamoasining 2003 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilariga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yini 3:1 hisobida Azamat Abduraimov shogirdlarining g‘alabasi bilan yakuniga etdi. Kecha O‘zbekiston U-16 terma jamoasi "Spartak" jamoasiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi yig‘in 24 aprelga qadar davom etadi.
Fikrlar