
O‘zbekiston Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Qirg‘iz Respublikasi futbol ittifoqi matbuot xizmatining xabar berishicha, jamoa 28 mart kuni Toshkentga keladi va 29 hamda 30 mart sanalarida vakillarimiz bilan bahs olib boradi. Shundan so‘ng qo‘shnilarimiz Bishkekka qaytib, 4 aprel kuni Tojikistonga qarshi maydonga tushadi.
Ushbu bellashuvlar 10-12 aprel sanalarida mamlakat poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi-2022 saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Qirg‘izistonliklar musobaqaning final bosqichiga chiqish uchun Eron, Turkmaniston va Maldiv orollari qarshiligini sindirishi talab etiladi.
Xabarga ko‘ra, Toshkentdagi o‘rtoqlik uchrashuvlari yopiq eshiklar ortida o‘tishi aytilgan. Voqealar rivojini SPORTS.uz sayti orqali kuzatib boring!
Fikrlar