
O‘zbekiston terma jamoasining "JCh-2026"ga chiqish imkoniyati baholandi
"We Global Football" portali O‘zbekiston terma jamoasining 3-bosqich saralashidagi ilk uchrashuvdan so‘ng "JCh-2026"ga chiqish imkoniyatilarimizni baholadi.
KXDRga qarshi uchrashuvdan so‘ng, Jahon Chempionatiga chiqish imkoniyatimiz 70.3% deb ko‘rilmoqda. Unga ko‘ra, guruhdan 2-o‘rin bilan chiqish imkoniyatimiz 48% deb tahmin qilinmoqda.
Portalining baholashicha, guruh bosqichini Eron peshqadamlik bilan yakunlaydi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz navbatdagi uchrashuvni 10 sentyabr kuni safarda Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar