O‘zbekiston terma jamoasi Iordaniyada 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 19 avgust, 2019, 18:00
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning noyabr oyida U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o‘tkaziladi. Ayni paytda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda.

Tecno

Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi tayyorgarlik doirasida bir qator musobaqa va o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushmoqda.

Sentyabr oyida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Vakillarimiz 13-18 sentyabr oralig‘ida Iordaniyada mashg‘ulotlar olib borishadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Iordaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi 2 marta bahs yuritilishi ko‘zda tutilgan. Dastlabki uchrashuv 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tsa, ikkinchi o‘rtoqlik o‘yini 17 sentyabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
19/08/2019 18:57
Мураббийди алмаштиринглар ундан кура
Абдусамат Жураев
19/08/2019 18:01
Гап йук лекин сарловхага Узб терма деса хамма кирадида а?? Еш болаларку эх