O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nufuzli sport tadbirining ochilish marosimida ishtirok etadi

BEPUL PROPAN

XXR Raisi Si Tszinpin taklifiga binoan, 4 fevral kuni Pekinda bo‘lib o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida xorijiy davlatlar va hukumatlar, etakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi muxbiri.

“Sinxua” axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy rahbari 4-6 fevral kunlari Pekinda 2022 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi, shuningdek, xorijiy davlatlar etakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o‘tkazadi.

Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar etakchilari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreesus bor.

Pekindagi qishki Olimpiya o‘yinlari 4-20 fevral kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 4-13 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!