
O‘zbekiston Pro-ligasi. Buxoroda markaziy bahs, G‘uzorda derbi yoxud 18-turning boshlanish vaqtlari ma’lum bo‘ldi (foto)
O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmati Pro-liganing 18-tur boshlanish vaqtlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, tur bahslari 1 kun ichida bo‘lib o‘tadi. Markaziy o‘yin sifatidagi "Buxoro" - "Andijon" qarama-qarshiligi 10 sentyabr soat 19:00 da boshlanadi.
Shuningdek, G‘uzorda "Sho‘rtan" va "Mash’al" jamoalari o‘rtasida viloyat derbisi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs ham 10 sentyabr kuni 19:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Marhamat, quyida qolgan o‘yinlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Fikrlar
Биринчи эарбада тиззаларигача,иккинчи зарбаларида белларигача......,Олга АНДИЖОН.