
O‘zbekiston OTJ Janubiy Koreyaga yutqazib qo‘ydi. Ammo keyingi bosqichga yo‘l oldi
Yana birozdan so‘ng Tailand poytaxti Bongkok shahridagi "Tammasat" stadionida O‘zbekiston - Janubiy Koreya bahsi boshlanadi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 15:15da start oladi.
Siz shu erda bellashuvning matnli translyatsiyasini kuzatib borishingiz mumkin. Shuningdek, o‘yinning videotranslyatsiyasi ham mavjud.
U-23 Osiyo chempionati. O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvini JONLI EFIRda tomosha qiling
* Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari.
* O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘rtasidagi bahsning matnli translyatsiyasini siz shu erda kuzatib borishingiz mumkin.
* Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari:
1* O‘yin boshlandi.
3* Janubiy Koreyaliklar ilk daqiqalardan hujumga o‘tishgandi. Ammo himoyachimiz raqibning urinishini bartaraf etgandi.
5* Afsuski, koreyaliklarning ikkinchi hujumi gol bilan yakunlandi. Jeong Seung Von tepgan to‘p darvozamizdan o‘rin oldi.
9* Janubiy Koreya tinmayapti. Futbolchilarimiz o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishdi.
11* Tezkor gol raqibni yanada kuchaytirib yubordi. Hujumlar ketidan hujumlar...
16* Kereya futbolchilari ketma-ket ikki marta burchak zarbasiga ega bo‘lishdi. Birinchisini himoyachilarimiz bartaraf etishdi. Ikkinchisida esa raqib o‘yinchisi juda noaniq zarba berdi.
19* Olimpiyachilarimiz nihoyat o‘zlariga keldi. To‘p nazoratini qo‘lga olishga urinishmoqda.
21* GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL. Azizjon G‘aniev o‘ng qanotdan oshirgan to‘pni Bobir Abdixoliqov boshi bilan to‘rga kiritdi.
24* Mana hisob tenglashdi. O‘yinning borishi ham. Endi hamyurtlarimiz yanada faol bo‘lishlari kerak.
26* Jasurbek Yaxshiboev o‘ng qanotdan jarima maydoniga yaqinlashdi va zarba yo‘lladi. To‘p yo‘nalishi biroz noaniq.
29* Janubiy Koreya futbolchisi chap qanotdan oshirgan to‘pni darvozabonimiz ushlab oldi.
34* Ayni paytga kelib maydonda teng kurash kechmoqda. Jamoalar vaqti-vaqti bilan oldinga o‘tishga urinmoqda. Ammo hozircha tomonlarning harakatlari o‘xshamayapti.
37* Koreyaliklar qanotlarda faollik ko‘rsatishmoqda. Bo‘yi baland futbolchilari borligi uchun yuqoridan to‘p oshirilmoqda.
40* Birinchi taym oxirlariga kelib, koreyaliklar to‘pga egalik qilishmoqda. Vakillarimiz esa qarshi hujum taktikasidan foydalanishmoqchi.
44* Raqibimiz tanaffusga g‘alaba bilan chiqib ketishni maqsad qilgan ko‘rinadi. Ketma-ket urinishlar yuzaga kelmoqda. Ammo himoyachilarimiz ularni darvozaga yaqinlashtirmaslikka harakat qilishmoqda.
* Birinchi taymga 2 daqiqa qo‘shib berildi.
* Jamoalar tanaffusga 1:1 hisobidagi durang bilan yo‘l olishmoqda.
46* Ikkinchi bo‘lim boshlandi.
48* Vakillarimiz taymni yaxshi boshlashdi.
50* Jasurbek Yaxshiboev markazdan jarima maydoniga yaqinlashib kelib, erlatib zarba berdi. Biroz noaniq.
54* Endi Janubiy Koreya to‘pga egalik qilishni boshladi. Vakillarimiz esa ularni kutib olishmoqda.
57/ Hojiakbar Alijonov o‘zining chap qanotidan jarima maydoniga yorib kirmoqchi bo‘ldi. Ammo himoyachilar to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborishdi.
58* Burchakdan oshirilgan to‘pdan so‘ng vakillarimiz darvoza tomon bir nechta zarba berishdi. Biroq raqib posboni birinchi urinishda to‘pni qaytardi, ikkinchisida esa himoyachilar.
61* Hozirgi daqiqalarda koreyaliklar ikkita vaziyat yaratishdi. Biroq ikkisi ham yuqoridan o‘tib ketdi.
65* Jamoalar ehtiyotkorlikka asoslangan holda to‘p tepishmoqda. Ya’ni o‘yin tempi biroz pasaydi.
67* Husniddin Aliqulov raqibning kombinatsiyasini bartaraf etib, to‘pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
71* Oybek Bozorov o‘rniga Nurillo To‘xtasinov maydonga tushdi.
71* Ox Su Xun jarima maydoni yaqinidan to‘pni erlatib darvozamizga joylab qo‘ydi. Bu vaziyatda posbonimiz har qancha harakat qilmasin, jamoamizni goldan saqlab qola olmadi.
75* Jasurbek Yaxshiboev to‘pni qabul qilib olish jarayonida raqibiga qo‘pollik qilgani uchun jarima zarbasi belgilandi.
78* Koreyaliklar yana tempni oshirishmoqda. Gol ularni yana oldinga undamoqda.
78* Abdulla Abdullaev o‘rniga Oybek Rustamov maydonga tushdi.
80* Ilhom Alijonov raqibning juda ham xavfli zarbasini qaytarib, jamoasini goldan qutqarib qoldi.
83* Vakillarimiz xuddi birinchi taymdagidek sarosimaga tushib qolishdi. Gol ruhiy jihatdan futbolchilarga qattiq ta’sir qildi.
84* Yana Husniddin Aliqulov jamoa joniga oro kirdi. Darvozabonimiz unga minnatdorchilik bildirib qo‘ydi.
86* Oybek Rustamov kam sonli hujumimizni ko‘kka sovurdi.
89* Bobir Abdixoliqov o‘rniga Mirjahor Mirahmadov maydonga tushdi.
90* Ikinchi taymga 5 daqiqa qo‘shib berildi.
90+1* Oybek Rustamov ogohlantirildi. Raqibni yiqitgani uchun.
90+5* O‘yin tugadi. Imkoniyatni boy berdik. Ammo Eron Xitoyga qarshi bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozongani bois to‘plar farqiga ko‘ra O‘zbekiston OTJ keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Fikrlar