O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi xalqaro turnirga yo‘l olmoqda

  • 23 avgust, 2021, 23:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Kiev shahridagi xalqaro xotira turnirida ishtirok etishi haqida xabar bergandik. “JAR” majmuasida o‘tkazilgan so‘nggi nazorat o‘yiniga O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov tashrif buyurib, yosh futbolchilar bilan uchrashdi va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bu haqqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Server Jeparov boschiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbat qurdi va kerakli ko‘rsatmalar berdi. Ushbu avlod keyinchalik 2028 yilgi Olimpiadaga borishi mumkinligi sababli O‘FA tomonidan hozirdan tayyorgarlik jarayonlariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Ravshan Ermatov ertaga Ukraina poytaxtiga yo‘l oladigan o‘smirlar terma jamoamizga omad tilab, xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilish muhim ekanligini ta’kidladi.

- Sizda kelajakda Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylanish imkoni bor. Ana shu orzuga etishish uchun hozirdan o‘z oldingizga yuqori maqsad qo‘yishingiz kerak. Bunga iroda, sabr, intizom kabi hislatlarni namoyish etib, eng muhimi, tinmay mehnat qilgan holda erishish mumkin, - deya ta’kidladi Ermatov.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 25-30 avgust kunlari Kiev shahrida tashkil etiladigan xalqaro turnirda vakillarimiz Turkiya, Slovakiya va Gruziya o‘smirlari bilan “B” guruhdan joy olishdi. “A” guruhida esa Bolgariya, Belarus, Ukraina va Armaniston jamoalari bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!