O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyiga aylanishi kutilgan xorijlik murabbiy bugun yurtimizga keladi

  • 18 avgust, 2021, 13:11
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, O‘FA tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha bir qator ishlar olib borildi. Yakunda sloveniyalik murabbiy Srechko Katanets nomzodi ma’qul ko‘rildi. 

Xabarda aytilishicha, O‘FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishdi va Srechko Katanets muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilgandi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, bugun tunda xorijlik mutaxassis Toshkentga tashrif buyuradi. Katanets bugun tunda 00:30da poytaxtimizga tashrif buyuradi. Ertadan esa O‘FA vakillari bilan uchrashishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!