
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sentyabrdagi o‘yini o‘tkaziladi
Xabaringiz bor, sentyabr oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yini belgilangan.
Oxirgi paytlarda bu o‘yinning o‘tkazilishi borasida ko‘plab savollar paydo bo‘layotgandi. Eron tomoni esa bellashuv belgilangan sanada o‘tishini aytdi. Bu haqda tehrantimes.com nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, forslarning 3 sentyabr kungi Suriyaga qarshi nazorat bahsi bekor qilingan. Shu bois Eron toshkentda 7 sentyabr kuni o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
JCh-2022 va OK-2023 qo‘shma saralash o‘yinlari pandemiya sabab keyingi yilga surildi. Bu yil terma jamoalar ishtirokidagi o‘rtoqlik bellashuvlarini ko‘rishimiz mumkin xolos.
Fikrlar