
O‘zbekiston milliy terma jamoasi "Zenit"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
Ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun ushbu yig‘in doirasida o‘zining dastlabki nazorat o‘yinini o‘tkazdi. Vadim Abramov shogirdlari Rossiyaning "Zenit" klubiga qarshi bahs olib borib, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, "Zenit" klubi tashabbusi bilan ushbu bahs yopiq tarzda bo‘lib o‘tdi.
Nazorat o‘yini
O‘zbekiston MTJ — "Zenit" 0:4
Gollar: Andrey Mostovoy (17, 68), Stanislav Krapuxin (52), Danil Shamkin (80)
O‘zbekiston MTJ: Abduvohid Ne’matov, Farruh Sayfiev, Islom Qobilov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Xojiakbar Alijonov, Odil Hamrobekov, Lutfulla To‘raev, Sanjar Qodirqulov, Oybek Bozorov, Vagiz Galiulin, Bobir Abduxoliqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Mozgovoy, Aziz Turg‘unboev, Xojimat Erkinov, Murod Xolmuhammedov, Mirjahon Mirahmadov, Nurillo To‘xtasinov, Igor Golban,
Fikrlar