O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyga qarshi o‘yin oldidan so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi

  • 24 mart, 2019, 18:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun terma jamoamiz a’zolari "Guanxi Sports Center" stadionida Xitoyga qarshi o‘yin oldidan so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

61dd17ce75960fb9f20819e1a9d2f4137cd3301c

Mashg‘ulot boshlanishidan avval stadionga mahalliy futbol maktabi tarbiyalanuvchilari kelishdi. O‘FA nomidan ularga turli esdalik sovg‘alari taqdim qilindi. Shuningdek, bolajonlar futbolchilarimizdan dastxat olib, ular bilan birgalikda suratga tushishdi.

514749378b3cd30e71524c01ca875ca78713f7c4

Mashg‘ulotlar ancha quvnoq kayfiyatda o‘tganini ta’kidlash zarur. Terma jamoa futbolchilari turli qiziqarli mashqlarni bajarish orqali jamoaviy ruhni kuchaytirishga, tezkorlik va chaqqonlikni oshirishga intilishdi.

10b29423775fe9697686635bc02948b8d496e20a

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 3-o‘rni uchun kechadigan bahs ertaga 25 mart kuni Xitoyga qarshi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv "Guanxi Sports Center" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 12:30da boshlanadi.

ff0ddcbf6f316b525f0b095143e879e302f2f395

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!