
O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun navbatdagi ikki o‘yinda maxsus reys yo‘lga qo‘yiladi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi ikkita uchrashuvini ham safarda o‘tkazadi.
Oldinda bizni 14 noyabr kuni Qatarda mezbonlarga qarshi hamda 19 noyabr kuni Laosda Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinlar kutib turibdi. Mehmondagi ikkita o‘yinda terma jamoamizga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan reja asosda Doha - Vientiane - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reys tashkil etiladi.
Fikrlar