
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Rossiya klubidagi eng zo‘ri, deb topildi
Rossiyaning "Nijniy Novgorod" klubi himoyachisi hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev o‘z jamoasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot izmati xabar berdi.
G‘olib ovoz berish jarayoni orqali aniqlangan. Mart oyida Moskvaning “Spartak” klubiga qarshi o‘yinda gol urgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosiga 714 nafar muxlis ovoz bergan. Bu 55,35 foizni tashkil etdi.
Ikkinchi o‘rinni yana sentabr va noyabr oylarining eng yaxshi futbolchisi Artur Nigmatullin egalladi (30,47%). Uchinchi o‘rinni Kirill Gotsuk (6,82%) band etdi.
Fikrlar