
O‘zbekiston kubogi. "Qizilqum" iroda namoyish etib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Qo‘qon-1912" o‘yini yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Navoiy klubi safida gollarga Abduholiqov va Yo‘ldoshev mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Shixov nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Qizilqum" qiyinchilik bilan chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi. "Qo‘qon-1912" nimchorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar