
O‘zbekiston kubogi. "Olimpik" Birinchi liga klubini yirik hisobda tor-mor keltirdi
O‘zbekiston kubogi 2-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"F" guruhi ishtirokchisi "Olimpik" bugun "Olimpiya"ga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda mezbonlar yirik 3:0 hisobida zafar quchdi.
Timur Kapadze shogirdlari safida uch golni Muhammadali G‘iyosov va Abdulloh Mirkomilov kiritdi. Bu gollar "olimpiyachilar"ga 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, "Olimpik" 4 ochko bilan guruhda etakchi bo‘lib oldi. "Olimpiya" hisobida ochko mavjud emas.
Fikrlar