
O‘zbekiston kubogi. "Nasaf" ilk turni g‘alaba bilan boshladi
O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"B" guruhi ishtirokchisi "Nasaf" bugun "Qo‘qon-1912"ga qarshi maydonga tushdi. Qo‘qondagi "Markaziy" sport majmuasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
"Ajdarlar"ning yagona goliga Shohmalik Komilov mualliflik qildi. U 6-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar