
O‘zbekiston kubogi. "D" guruhida "Turon" va "Buxoro" keyingi bosqichga yo‘l oldi
O‘zbekiston kubogi "D" guruhida 3-turida o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. "Buxoro" o‘z uyida "Sho‘rtan"ni qabul qilgan bo‘lsa, "Turon" - "Yangier" bilan bellashdi.
"Buxoro" - "Sho‘rtan" bahsi jamoalarning ehtiyotkorligi bilan boshlandi. Shu sabab birinchi taymda darvozalar ishg‘ol qilinmadi. Ikkinchi bo‘limning 55 daqiqasida buxoroliklar penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu imkoniyatdan Dilshod Jo‘raev unumli foydalanib, hisobni ochdi. 76 daqiqaga kelib esa Farhod Imomov standartdan qaytgan to‘pni aniq yo‘llab, o‘yindagi muvozatni tikladi. 86 daqiqada uchrashuvni boshqarib borayotgan refere Jamshid Qobulovga qizil kartochka ko‘rsatdi.
Shu tariqa jamoalar durangga imzo chekdi. "Buxoro" keyingi bosqichga yo‘l oldi.
"Turon" - "Yangier" bahsi ham ancha qizg‘in tarzda o‘tdi. Dastlabki 45 daqiqalikda darvozalarga yo‘l topilmadi. Ikkinchi bo‘limning 75 daqiqasida Zakariya Beglarashvili burchak zarbasidan so‘ng qaytgan to‘pni shundoqqina tepib, hisobni ochdi.
O‘yin shu tariqa yakunlandi. "Turon" ham keyingi bosqichga chiqdi.
Fikrlar