
O‘zbekiston janubiy amerikaliklarga qarshi qanday rangli libosda harakat qiladi
O‘zbekistonda bo‘lib o‘tayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida ertadan 2-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Ilk turda Niderlandiya bilan bahsda irodali tarzda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etgan hamyurtlarimiz keyingi turda guruh peshqadami bilan kuch sinashadi.
Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi futzal milliy jamoamiz ertaga, 17 sentyabr kuni Paragvayga qarshi Jahon chempionati 2-tur uchrashuvini o‘tkazadi. Mazkur bahsda futzalchilarimiz to‘liq oq libosda, darvozabonimiz esa sariq libosda harakat qiladi.
Bellashuv 20:00'da start oladi. O‘yin "Humo Arena"da o‘tkaziladi.
Fikrlar