
O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi hamda "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi o‘rtasida memorandum imzolandi!
O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi hamda "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi o‘rtasida memorandum imzolandi!
Ma’lumki, O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi tashkil etilganidan buyon, yurtimizda ushbu yakkakurash turiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, O‘zbekiston bu borada nufuzli turnirlarga ham mezbonlik qilib kelmoqda. Albatta, federatsiyaning o‘zi jahon va Osiyo chempionatlarini o‘tkazishi uchun biroz qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy...Shunday ekan yurtimizda sportning rivojiga o‘zini xissasini qo‘shuvchi hamkor va homiy tashkilotlarning ham ko‘magi kerak bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi hamda O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi o‘rtasida hamkorlik borasida o‘ziga xos memorandum imzolandi. Albatta, ushbu shartnoma mustahkam bo‘lishi barobarida yurtimizda mazkur sport turini yanada rivojlantirish va xalqaro arenalarda sportchilarmiz vatanimiz sha’nini munosib himoya qilishi uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz!
Fikrlar