O‘zbekiston futbol hakamlari markaziga rahbar tayinlandi

  • 19 aprel, 2022, 20:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yurtimizda o‘tkaziladigan barcha turdagi futbol musobaqalarini boshqaruvchi hakamlar faoliyatini muvofiqlashtirilish, hakamlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularni tashkiliy-boshqaruv faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tashkil etildi.

Tecno

erkin

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti tomonidan ushbu markazga Erkin Baxtiyorov direktor etib tayinlandi. Bundan avval E.Baxtiyorov O‘FA tizimida turli lavozimlarda, jumladan Hakamlar bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan. Mazkur markaz O‘zbekiston hududida futbol, ayollar futboli, mini futbol, sohil futboli, turli yosh toifasidagi bolalar va o‘smirlar futboli turnirlarida hakamlik bilan bog‘liq jarayonlarni muvofiqlashtiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!