
O‘zbekiston ayollar futzal terma jamoasi Osiyo kubogiga yo‘l oldi
Futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan "Osiyo kubogi-2025" turnirining saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston - Turkmaniston terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda hamyurtlarimiz 6:2 hisobida zafar quchdi.
Maftuna Shoyimova poker qilgan bo‘lsa, Nilufar Qudratova bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston futzal ayollar terma jamoasi Osiyo kubogiga yo‘l oldi.
Fikrlar