
O‘zbekiston 2-turda Xitoyni mag‘lubiyatga uchratdi
Yana birozdan so‘ng O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan Osiyo chempionati 2-turida Xitoy bilan bellashadi.
Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:15da strat oladi. Siz ushbu bahsning videotranslyatsiyasini saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.
U-23 Osiyo chempionati. Xitoy - O‘zbekiston uchrashuvidan videotranslyatsiya
Qolaversa, bellashuvdan matnli translyatsiya ham mavjud.
* Assalomu alaykum qaydrli futbol muxlislari. SPORTS.uz sayti ijodkorlari o‘z reportajlarini Tailandning Songxla shahridan davom ettiradi. Ushbu shaharda musobaqaning "S" guruhidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazilmoqda.
Biroz avval Eron - Janubiy Koreya bahsida koreyaliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Endi esa guruhdagi ikkinchi uchrashuv Xitoy - O‘zbekiston o‘yini start olmoqda.
Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari:
* Jamoalar o‘yindan oldingi mashg‘ulotlarini yakunlashdi va uchrashuvni boshlashga tayyorlar.
* Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi. Dastlab xitoyliklarning madhiyasi yangradi. Endi esa O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangradi.
1-daqiqa. O‘yin boshlandi. OLG‘A O‘ZBEKISTON!!!
2-daqiqa. Jasurbek Yaxshiboev o‘ng qanotdan ajoyib tarzda reyd tashkil etdi va raqiblarini ancha qo‘rqitib qo‘ydi. Boshlanishi yomon emas.
5-daqiqa. Hojiakbar Alijonovga nisbatan qoida buzildi. Jarimadan tepilgan to‘pni raqib posboni qiyinchilik baln qaytardi. Qaytgan to‘pni Husniddin Aliqulov to‘rga kiritdi. Ammo qanot hakami ushbu vaziyatda o‘yindan tashqari holat borligini qayd etdi.
8-daqiqa. Xitoyliklar bizning hujumimizga javob qaytarishdi. Biroq ularning urinishlari samarasiz yakunlandi. To‘p ancha yuqoridan o‘tib ketdi.
11-daqiqa. Ayni paytda xitoyliklar to‘pni ushlab turishga e’tibor qaratishmoqda. Vakillarimiz qarshi hujumga tayyorlanishmoqda.
15-daqiqa. Endi to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlik hamyurtlarimiz tomonida. Olimpiyachilarimiz qanotlardan hujum tashkil etishga urinishmoqda. Biroq...
19-daqiqa. O‘ng qanotdan oshirilgan to‘pni dastlab Sanjar Qodirqulov boshi bilan yo‘lladi, posbon qaytardi. Qaytgan to‘pni Jasurbek Yaxshiboev darvozaga tepdi. Biroq yana xitoylik darvozabon bizning hujumlarimizni bartaraf qildi.
21-daqiqa. Azizjon G‘aniev o‘z uslubida jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘lladi. Ammo u tepgan to‘p ustunga tegib qaytdi. Chinakamiga xavfli vaziyat yuzaga keldi.
23-daqiqa. Ilhomjon Alijonov raqibiga nisbatan biroz qo‘pol o‘ynagani uchun ogohlantirildi.
27-daqiqa. Terma jamoamiz bosimni oshirishmoqda. O‘z navbatida xitoyliklar qarshi hujumdan omadlarini izlashmoqda. Himoyachilarimiz o‘z o‘rnida.
28-daqiqa. Burchak zarbasidan kombinatsiya tashkil etildi. Azizjon G‘aniev darvozaga chalg‘ituvchi zarba berdi. Posbon qiyinchilik bilan qaytardi.
30-daqiqa. Jasurbek Yaxshiboev chap qanotdan jarima maydoniga kirib zarba berdi. Ancha noaniq.
34-daqiqa. Xitoy OTJ biroz jonlandi. Kam sonli bo‘lsa-da hujumlar tashkil etmoqda.
39-daqiqa. Sanjar Qodirqulov chap qangotdan oshirgan to‘pni jarima maydonida hech kim qabul qila olmadi. Ustiga-ustak qanot hakami o‘yindan tashqari holat borligini qayd etdi.
45-daqiqa. Penaltiiiiiiiiiiiii.
45+3-daqiqa. Islomjon Qobilov penaltidan gol urdi.
Birinchi bo‘lim yakunlandi. Tanaffus
Ikkinchi taym boshlandi.
46-daqiqa. Ushbu bellashuvni Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Xak-Bum Kim jurnalistlar uchun mo‘ljallangan xududdan kuzatib bormoqda. Shu o‘rinda savol tug‘iladi - OFK qaerga qaramoqda?
51-daqiqa. Vakillarimiz yaxshi o‘yin namoyish etishmoqda.
52-daqiqa. Maydon markazi to‘laligicha terma jamoamiz nazoratida. Ammo hozircha hisobni oshira olmayapmiz. Lekin, 2-golni shu payt urib olishimiz kerak.
57-daqiqa. Xitoyliklar tarkibida bir nechta o‘zgarishlar amalga oshirildi.
60-daqiqa. Terma jamoamiz ketma-ket burchak zarbalarini amalga oshirishdi. Ammo himoyachilar va darvozabon xavfni bartaraf etdi.
62-daqiqa. Yaxshiboev o‘ng qanotdan oshirgan to‘pni Bobir Abdixoliqov boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Ammo zarba ko‘ngildagidek chiqmadi.
64-daqiqa. Hakam VARga murojaat qildi. Penalti belgilandi. Abdixoliqov boshi bilan yo‘llagan to‘p raqib himoyachisining qo‘liga tegdi.
66-daqiqa. Islomjon Qobilov penaltidan foydalana olmadi. Afsus(((
70-daqiqa. Olimpiyachilarimiz o‘yinni to‘laligicha nazorat qilishmoqda. Raqib esa yana qarshi hujumga tayanmoqda.
72-daqiqa. Xavfli vaziyatttttttttttttttttttttttttt. Jasurbek Yaxshiboev qulay tarzda Bobirga to‘pni etkazib berdi. Ammo Abdixoliqov birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi. Darvozabon to‘pni ushlab oldi.
73-daqiqa. Sanjar Qodirqulov jarima maydonining chap tomonida 2 nafar raqibini aldab, darvozaga zarba berdi. Biroq noaniq.
75-daqiqa. Oybek Bozorov o‘rniga Nurillo To‘xtasinov maydonga tushdi.
76-daqiqa. Uchrashuvni stadiondan 6683 nafar tomoshabin kuzatib bormoqda.
79-daqiqa. Nurillo To‘xtasinov darvozabondan qaytgan to‘pni to‘rga ajoyib tarzda yo‘llab, hisobni oshirdi.
84-daqiqa. O‘yin oxirlab bormoqda. Hisob esa bizning foydamizga. Eng asosiysi ishonchli hisobda g‘alaba qozonmoqdamiz.
86-daqiqa. Burchakdan oshirilgan to‘p, yo‘l-yo‘lakay xitoylik futbolchiga kelib tushdi. U tepgan to‘p esa himoyachimizga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.
87-daqiqa. Bobir Abdixoliqov o‘rniga Mirjahon Mirahmadov maydonga tushdi.
90-daqiqa. Nurillo To‘xtasinov jarima maydoni yaqinidan kuchli zarba yo‘lladi. Biroq noaniq.
90-daqiqa. O‘yinga 4 daqiqa qo‘shib berildi.
90+2-daqiqa. Jasurbek Yaxshiboev o‘rniga Doston Ibragimov maydonga tushdi.
90+4-daqiqa. Azizjon G‘aniev raqib posboni oldinga chiqib ketgani uchun uzoqdan zarba yo‘lladi. Noaniq.
90+4-daqiqa. O‘yin yakunlandi. G‘alaba muborak!!!!
Fikrlar