O‘zbekiston, Eron, Rossiya ishtirok etadigan CAFA musobaqasi qaysi stadionlarda o‘tishi ma’lum qilindi

  • 6 aprel, 2023, 16:13
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 9-21 iyun kunlari Bishkek va Toshkent shaharlarida futbol bo‘yicha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionati o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa oldidan CAFA ijroiya qo‘mitasi a’zosi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Rossiyaning TASS axborot agentligiga intervyu berdi. Unda Ermatov musobaqaga Qirg‘iz Respublikasi poytaxti Bishkekdagi stadiondan tashqari O‘zbekistonning 3 ta arenasida o‘yinlar o‘tishini ma’lum qildi.

Ravshan Ermatov FIFA va OFK O‘zbekistonda o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni yuqori darajada baholagani, Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatining o‘yinlari Toshkentdagi “Bunyodkor”, “Jar” va “Paxtakor” stadionlarida o‘tkazilishini ta’kidladi.

Kuzatgan bo‘lsangiz kerak, O‘zbekiston 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini endigina yakunladi, turnir juda muvaffaqiyatli o‘tdi.

Barcha maydonlar a’lo darajada tayyorlangan, FIFA va OFK musobaqaga tayyorgarlikni yuqori baholadi. Endi CAFA turniriga ham “Bunyodkor”, “Jar” va “Paxtakor” stadionlarini tayyorlamoqchimiz. O‘yinlar asosan Osiyo kubogi U-20 finali o‘tkazilgan «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi, - dedi Ravshan Ermatov.

CAFA chempionatida O‘zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Rossiya va Afg‘oniston terma jamoalari ishtirok etadi. Musobaqaga Osiyoning yana bir terma jamoasini taklif etish ham rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Paxtakor muhlisi
06/04/2023 20:02
Пойтахтда бу́лишига сабаб, мусобакага келадиган жамоаларнинг шарти. Россия, Эронларнинг Тошкентдан ташкарида у́йнашга мажбурлаш имконсиз. Агар расмий у́йин бу́лганида Каршида ёки Фаргона, Наманганда у́йнисилар деганда мажбур бу́ларди
&
Ўринбойев Одилжон
06/04/2023 18:39
Салом нимага Индин учала стадонда бўлади биттаси водида биттаси воҳада бўлса бўмайдими
&
Ўринбойев Одилжон
06/04/2023 18:41
Ҳамма Нарса пойтаҳта бўловради ким киради ўйинга