O‘zbek yakkakurash olami vakillari Aldjameyn Sterling va Pyotr Yan jangi borasida fikr bildirdi

  • 1 aprel, 2022, 20:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 10 aprel kuni "UFC 273" turniri bo‘lib o‘tadi. Karddan ajoyib janglar o‘rin olgan. Jumladan, ikkinchi markaziy jangda o‘ta engil vazn toifasi vakillari Aldjameyn Sterling hamda Pyotr Yan o‘rtasidagi revansh o‘rin olgan. 

Tecno

Birinchi to‘qnashuvda Yanning ustunligi ostida kechayotgan bahsda aynan rossiyalik jangchi ta’qiqlangan zarba yo‘llaganligi uchun chetlatilgan va g‘alaba Sterlingga yozilgandi. 

Mazkur revansh oldidan turli xil fikrlar yangramoqda. Biz an’anaga sodiq qolgan holda, o‘zbek yakkakurash olami vakillarini fikri bilan qiziqdik. 

Mahmudjon Jabborov - bloger

Nihoyat, yilning eng kutilgan va adolat qaror topishiga ishora qilayotgan revansh bo‘sag‘asida turibmiz. Pyotr Yan va Aldjameyn Sterling olishuvi bizni ko‘p jihatdan raqobatga emas, balki, haqiqatni qaror topishi sababli yuqorilayotgan intriga orqali o‘ziga oshufta aylamoqda. Petyaning so‘nggi ikkita jangdagi fenomenal xatti-harakatlari kim aslida kim ekanligi haqida savollarga umuman o‘rin qoldirmadi. Bu jang ham ko‘p ehtimol Yanning nokautli g‘alabasi bilan yakunlanishini taxmin qilmoqdaman. Albatta, yo‘l-yo‘lakay unda kichik qiyinchiliklar bo‘ldi: vizali bo‘lishni uzoq kutish, murabbiylarining "sehrli diyor"ga chipta ololmagani, birinchi jangdagi qo‘pol xato xotiralari... Ammo, ushbu hodisalar "No Mercy"ga depressiyadan ko‘ra ko‘proq motivatsiya ulashajakdek go‘yo. Bekorga unga ko‘pchilik tarixdagi eng hissiz chempion deyishmaydi!

IMG_20220401_203915_373

Mavlonbek Qahhorov - muaytaychi

- Ochig‘i Pyotr Yanga muxlislik qilaman. Biroq, Sterling ham avvalgi jangdan xulosa qilgan holda, bu safar yaxshi xozirlik ko‘rgan bo‘lsa kerak. Imkoniyatlarni 50/50 degan bo‘lardim.

IMG_20220401_203924_641 

Mirzohid Atabaev - murabbiy

- Har ikkisi yaxshi saviyadagi jangchi hisoblanadi. Garchi, birinchi jangda Sterling u qadar yorqin taassurot qoldirmagan bo‘lsa-da, aslida imkoniyati yuqori jangchi hisoblanadi. Biroq, Pyotr xaqiqiy qaytmas! Unda rang-baranglik bor va nokautchi hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda imkoniyatlarni 50/50 deyishim mumkin.

IMG_20220401_203926_389

Farrux Madaminov -murabbiy

- Qiziqarli jangni guvohiga aylanamiz. Avvalgisida Yan to‘liq ustunlik qilgandi. Rossiyalik jangchining arsenali boyroq va u bu safar ham g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. 

IMG_20220401_203919_871

Mavlud Tifiev - muaytaychi

- Bu safar ham Pyotr Yan yaqqol ustun deb ayta olaman. O‘tgan safar birgina xato tufayli, tayyor g‘alabani boy bergandi. Bu gal u jangni muddatidan avval yakunlaydi, degan fikrdaman. Jang uzog‘i bilan 4-raundda o‘z yakuniga etadi.

IMG_20220401_203917_437

Nurali Bakirdinov -murabbiy

Yaqqol favorit Pyotr Yan! U bu safar ham katta ustunlik evaziga g‘alaba qozonadi. Qiyinchilikka uchraydi, deb ayta olmayman. Birinchi jangda ham Yanni qanday ishlaganiga barcha guvoh bo‘lgandi.Shunchaki ta’qiqlangan zarba unga qimmatga tushgan. Ikkinchi jangda o‘shani alamini ham oladi.

IMG_20220401_203923_140

Diyor Mutalibov - MMA jangchisi

- Chiroyli va qiziqarli jang bo‘ladi, Imkoniyatlarga to‘xtalsak, baribir Pyotr Yanni biroz ustunligi bor. U "stoyka"da benazir va kuchli zarbalarga ega. Sterling "parter"da nimadir qilmasa, boshqa tomonlama Yanga kuchi etmaydi, deb o‘ylayman.

IMG_20220401_203920_698

Humoyuddin Muxtorov - MMA jangchisi

- Pyotr Yan bu vazn toifasidagi eng kuchlisi, desam yanglishmagan bo‘laman. Unga faqat Dillashou juda qiyin raqib bo‘lishi mumkin. Birinchi jang ularning orasidagi darajani ko‘rsatib qo‘ygandi. Bu safar ham xuddi shunday bo‘ladi. Sterlingni bu safar mo‘jiza ham qutqarib qola olmaydi.

IMG_20220401_203928_140

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!