O‘zbek qizi oltin medal uchun kurashadi

CHERY AUTO

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida sport kurashlari bo‘yicha "Ivan Yarigin" xotirasiga bag‘ishlangan XXXVI xalqaro turnirda 24 ta mamlakatning 475 nafar sportchilari orasida o‘zbekistonlik sportchilar ham g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Tecno

Xalqaro turnirning kecha o‘tkazilgan bellashuvlarida ayollar kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, "Parij-2024" Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Aktenge Keunimjaeva shiddatli bahslar yakunida bronza medaliga ega chiqdi. Hamyurtimiz 3-o‘rin uchun kechgan bahsda Belarus vakili Kseniya Stankevichni mag‘lub etdi.  

Xalqaro turnir dasturidan o‘rin olgan musobaqalarda terma jamoamiz a’zosi Layloxon Sobirova oltin medal uchun gilamga chiqadi. Kecha Layloxon yarim finalda rossiyalik raqibini bir daqiqa ichida mag‘lubiyatga uchratgan edi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!