O‘zbek mutaxassisi Sergey Kovalyov doping iste’mol qilganiga ishonmayapti

  • 15 yanvar, 2021, 19:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yurtimiz boks olamida Bektemir Meliqo‘zievning rossiyalik sobiq chempion Sergey Kovalyovga qarshi bo‘ladigan jangi qanchalik katta voqelik sifatida qabul qilingan bo‘lsa, rus bokschisining tahlilidan doping deya e’tirof etilayotgan garmon topilganligi boks jamoatchiligida juda katta shov-shuvni keltirib chiqardi.

Tecno

Katta ehtimol bilan ushbu jang bo‘lmasligi mumkin. Biz bu borada Sergey Kovalyovni yaqindan bilgan, o‘z vaqtida, uning murabbiyi bo‘lgan hamyurtimiz Abror Tursunpo‘latovning ushbu voqelikka munosabati bilan qiziqdik.

- To‘g‘risi, men bunga ishonmayman. Chunki, Kovalyov bu borada o‘ziga juda qat’iy talab qo‘ygandi. Ya’ni, jangdan avval, biror narsani iste’mol qilishda ham ancha ehtiyotkorlik qilar edi. Shunday holatlar bo‘lganki, mashg‘ulotlar jarayonida rosa toliqqan vaqtida, o‘zim biror vitamin iste’mol qilishni tavsiya qilganman. Biroq, u bunga mutlaqo rozi bo‘lmagan edi. Ishonasizmi, unga O‘zbekistondan organizmga foydasi bo‘ladigan tabiiy mahsulotlar va arzon dorivorlardan olib borganman. Demoqchimanki, mutlaqo dopingni xayoliga ham keltirmasdi.

Rossiyaning VADA bilan munosabatini barcha yaxshi biladi. Shuning uchun o‘ylab topilgan holatga o‘xshamoqda. Shuningdek, oddiy biror bir tabletka iste’mol qilgan bo‘lsa ham, shunday natija chiqishi mumkin. Vaholanki, amerikalik, meksikalik bokschilarning o‘ziga beriladigan sirli preparatlari ham bor. Boshqa qit’alik bokschilarga garchi, o‘sha erlik murabbiyning yoqimtoyi bo‘lgan taqdirda ham berishmaydi. Menimcha, bu ularning yozilmagan qonuni bo‘lsa kerak. Xullas, Sergey meni qo‘l ostimda shug‘ullangan vaqtida dopingga qattiq qarshi bo‘lgan kam sonli bokschilardan biri edi.

Bektemir Meliqo‘ziev va Sergey Kovalyov jangi borasida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi

Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasiga qadar professional boksda yana jang o‘tkazadimi? Bokschimiz javob berdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!