
O‘zbek MMA jangchisi Amerika promousheni bilan shartnoma imzoladi, birinchi jang sanasi va raqibi ham ma’lum
O‘zbekistonlik mashhur MMA jangchisi, shuningdek Angliyaning MTK menejment kompaniyasi mijozi hisoblangan Mirafzal Aktamov amerikaning nufuzli ligalaridan biri Fury FC bilan shartnoma imzoladi. Mazkur promoushen UFC Fight Pass turniri tashkilotchisi bo‘lib, ushbu liga orqali keyinchalik jangchilar UFCga qadam qo‘yishadi. Aktamovning ligadagi debyuti 19 dekabr kuni Fury FC 55 turniri doirasi mezbon jangchi Metyu Munega (6-2) qarshi bo‘ladi.
Fikrlar