
O‘zbek jangchisi ukrainalik raqibini mag‘lub etdi yoxud Murod Ahmedov turk sharhlovchilari e’tirofida!(Video)
Xabar berib o‘tganimizdek, 28 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida K-1 bo‘yicha “King of King” jahon seriyasiga kiruvchi turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu jang kechasida ikki nafar hamyurtimiz ham ringga ko‘tarildi.
Jumladan, Murod Ahmedov ukrainalik Oleg Pavlyakka qarshi ringga ko‘tarilgan bo‘lsa, yana bir hamyurtimiz Uzair Ismoiljonov Iroq vakili Yasir Taxa bilan to‘qnash keldi. Quvonarlisi, Uzair Ismoiljonov raqibini 1-raundning o‘zidayoq nokautga uchratgan bo‘lsa, Ahmedov ham raqibiga dastlabki raundning o‘zida xech qanday imkoniyat qoldirmadi va ukrainalik Oleg Pavlyak 1-raunddan so‘ng, jangni davom ettira olmadi.
Quyida, hamyurtimiz Murod Ahmedov ukrainalik raqibini qay ahvolga solganini tomosha qilishingiz mumkin!
Fikrlar