O‘zbek futbolidan chiqqan yangi iste’dod Husanov darajasiga ko‘tariladi!

  • 14 aprel, 10:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov professional futbolchilik faoliyatida qisqa muddatda “top-5” ligalaridan ikkitasini zabt etgani ko‘plab iste’dodli yoshlar uchun yaxshigina motivatsiya bo‘ldi.

Tecno

Darhaqiqat, 2022 yili Belarusning “Energetik-BGU” klubi bilan birinchi rasmiy professional shartnomasini imzolagan o‘zbek futbolchisi 2023 yilning yozida Frantsiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni “Lans”ga ko‘chib o‘tdi.

Franiya futbolidagi birinchi o‘zbekistonlik charm to‘p ustasi sifatida tarixda nom qoldirgan Abduqodir Husanov bir yarim mavsum davomida “Manchester Siti”dek qudratli klubda o‘ynaydigan darajaga etdi.

Har holda 21 yoshli futbolchining Angliyadagi faoliyati juda muvaffaqiyatli boshlandi. Husanov fevral oyida “Manchester Siti”ning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topilgani yuqoridagi fikrni isbotlaydi.

Husanovning sansatsion transferidan keyin jahon futbolida o‘zbekistonlik o‘yinchilarga yanada jiddiy e’tibor qarata boshlashdi. Keyingi paytda yana bir iste’dodli futbolchi Behruz Asqarovning nomi ko‘p tilga olinmoqda.

22 yoshli futbolchi aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Behruz “sherlar” safida O‘zbekiston Superligasi, mamlakat kubogi, Osiyo Chempionlar ligasi musobaqalarida jami 39 ta uchrashuvda ishtirok etib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

Behruz Asqarov 2025 yilgi mavsumni legioner sifatida o‘tkazishga qaror qildi va ijara asosida Qozog‘iston Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Turon” klubiga ko‘chib o‘tdi. Turkiston viloyati jamoasida Asqarordan tashqari Shahboz Umarov, Odiljon Abdumajidov va Xurshid Muxtorov kabi o‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchilari ham to‘p tepmoqda.

Universal futbolchi hisoblangan Behruzga “Paxtakor”da 39 ta uchrashuvda qayd etgan natijalarini takrorlash uchun “Turon”dagi dastlabki to‘rtta uchrashuv kifoya qildi. Asqarov garchi bu bahslarda to‘liq o‘ynamagan bo‘lsa-da, legioneri sifatida gollar va assistlar hisobini ochdi. Qozog‘iston kubogi doirasidagi bellashuvda “Turon” safida beshinchi o‘yinchini o‘tkazgan Asqarov o‘z statistikasiga yana bitta assist yozdirib qo‘ydi.   

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Asqarov uchun Qozog‘iston chempionati tramplin vazifasini o‘taydi. Evropaning “top-5” ligalaridan ikkitasida o‘zini ko‘rsatib ulgurgan Abduqodir Husanov uchun Qozog‘iston Premer-ligasidan kuchli bo‘lmagan Belarus oliy ligasi huddi shu vazifani bajarib bergan edi.

Yosh futbolchining faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilish va rivojlantirishda xalqaro miqyosdagi o‘yinlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, Abduqodir Husanov 2023 yili O‘zbekiston mezbonlik qilgan 20 yoshgacha bo‘lgan fubolchilar ishtirokidagi Osiyo kubogi va  shu yilning o‘zida Argentina bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasida jahon chempionatidagi o‘yinlari orqali xorij klublari skautlari e’tiborini qozongan.

Bu borada Behruz Asqarov ham boy tajriba to‘plamoqda. U O‘zbekiston U-19 terma jamoasida to‘rtta uchrashuv o‘tkazgan. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi safida Osiyo va jahon  chempionatlarida kabi musobaqalarda 14 marotaba maydonga tushgan.

Yana bir e’tiborli jihati, Behruz Asqarov bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan universal futbolchilar toifasiga kiradi. Asosiy pozitsiya markaziy yarim himoyachi bo‘lgan Asqarov himoya markazida, tayanch zonada, o‘ng qanot yarim himoyasida va hujum chizig‘ida muvaffaqiyatli shynay oladi.

Ta’kidlash joizki, Behruz Asqarovni ham Abduqodir Husanovga futboldagi faoliyatida yordam berib kelayotgan Ulug‘bek Asanboev o‘z qaramog‘iga olgan. Bu mutaxassisda o‘yinchilarni kuchli ligaga tayyorlash bo‘yicha muayyan tajriba bor.

Behruzning futbolchi sifatida ustun tomonlari ko‘p. Jumladan, chapaqay futbolchi kutilmagan harakatlarni amalga oshira oladi, texnikasi kuchli, bosim ostida qolgan taqdirda ham xotirjam o‘z ishini bajaradi va maydonni juda yaxshi ko‘ra oladi va o‘yinni yaxshi o‘qiydi.

Asqarov o‘z oldiga huddi Abduqodir Husanovdek yuqori darajaga chiqish va 2026 yilgi jahon chempionatiga chiqishga yaqin turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidan muqim joy olishni maqsad qilib qo‘ygan.

Raneri Shomurodovni nega boshlang‘ich tarkibda o‘ynatmayotgani sababini aytdi!

“Zidan finti”ni qo‘llagan Shomurodovning o‘yini qanday baholadi?

“Manchester Siti” Husanov orqali yangi biznesni yo‘lga qo‘ydi!

Husanovning do‘stini mahalladan ko‘chirib yuborishdi

Bugun o‘yin: Gvardiola Husanovni maydonga tushiradimi?

Shomurodov xudbin emas! Raneri Eldor haqida yana qanday fikr bildirdi?

Shomurodov muxlislarga murojaat yo‘lladi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!