
O‘yini ochilayotgan legionerimizga Moskvadan raqobatchi keladi!
Rossiya Premer-ligasi o‘rtamiyonalaridan biri "Nijniy Novgorod" o‘z tarkibini himoya bilan kuchaytirmoqchi.
"Match TV" bergan xabarga ko‘ra, Moskvaning "Veles" jamoasi chap qanot himoyachisi Aleksandr Korotkov faoliyatini yangi klubda davom ettirishi mumkin. "Novgorod" skautlari uning o‘yinlarini kuzatib, shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, bu klub tarkibida Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p tepadi. Legionerimiz so‘nggi uchrashuvlarda o‘zini ancha yaxshi tomondan ko‘rsatayotgandi. Ahamiyatlisi, Korotkov va Yo‘ldoshevning pozitsiyasi bir xil.
Fikrlar