Oybek Jo‘raev: Har raundda hisoblar aytib borilyapti. Shuning uchun, uchunchi raundda kuchni finalga tejadim

  • 12 may, 2023, 15:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

-54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘raev rossiyalik Dmitriy Dvali bilan ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz 5:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Shu tariqa, Oybek Jo‘raev finalga yo‘l oldi va kamida 100 ming dollarni naqd qildi.

Jangdan so‘ng Oybek o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

oybek-04

- Arenadagi muxlislarga, barcha tomoshabinlarga kattakon rahmat. Jang hayajonli o‘tdi. Finalga yo‘llanma beradigan bellashuv edi. Allohga shukr, g‘olib bo‘ldik. Finalda ham zafar quchishga harakat qilaman. 

Rossiyalik bokschi yosh va tajribali ekan. Murabbiylarimizning taktikasiga binoan jang olib bordik. Ustozlarimizning ko‘rsatmalari ish berdi. Keyingi jang qozog‘istonlik bokschi bilan bo‘ladi. Nasib qilsa, finalda g‘olib chiqamiz.

Har raundda hisoblar aytib borilyapti. Shuning uchun, uchunchi raundda kuchni finalga tejadim, - dedi Oybek Jo‘raev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!