
Ot yo‘rttirish bo‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi (foto)
Kecha kunning ikkinchi yarmida ot sporti bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabida ot yo‘rttirish bo‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 13 nafar chavandoz sevimli otlari bilan ishtirok etdi.Chempionat yakuniga ko‘ra:
1-o‘rin - Lola Sivakova ("Lidiya"),
2-o‘rin - Nailya Umerova ("Akdam"),
3-o‘rin - Eldana Vildgrube ("Zeymi")
ga nasib etdi. Shuningdek, chempionatda havaskorlar o‘rtasida ham g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Unga ko‘ra, Suren Narimanyan o‘zining "Sultan" laqabli oti bilan g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Keyingi o‘rinlarni Navro‘za Suyunova ("Sanga") va Leonora Gentke ("Magnat") egalladi.
Fikrlar