Ot sporti. Nurjan Tuyakbaev “Lancelotta” bilan 160 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrashga chog‘lanmoqda

  • 16 dekabr, 2022, 19:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Ot sporti
CHERY AUTO

Polshada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “CSI3*-W Cavaliada Poznan” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning ilk kunida hamyurtimiz Nurjan Tuyakbaev 145 sm to‘siq balandligi iborat Gran-pri dasturida ishtirok etib, 105 sportchi orasida jarima ochkolarisiz 9-natijani qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ta’kidlash joiz, mazkur natija Tuyakbaev va unga hamrohlik qilgan “Lancelotta” tulporiga balandligi 160 smni tashkil etuvchi to‘siqlardan sakrash bo‘yicha asosiy dasturga yo‘llanma berdi. Ushbu bahs 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

“CSI3*-W Cavaliada Poznan” turniri
145 sm (to‘siq balandligi):

1-o‘rin - Aleksandr Levandovskiy, “Jazzmir” laqabli ot (Polsha)
2-o‘rin - Jonni Palsa, “Beau van de Hagenhorst Z” (Niderlandiya)
3-o‘rin - Marek Levitski, "La Pezi” (Polsha)...
9-o‘rin - Nurjan Tuyakbaev, “Lancelotta” (O‘zbekiston)

Bugun kechki dasturda Tuyakbaev 150 sm balandlikdagi to‘siqlardan oshish bahslarida o‘z omadini sinab ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!