
Ot sporti. Ikki sportchimiz Estoniyada shohsupaga ko‘tarildi
Ayni kunlarda Estoniya poytaxti Tallin shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Ahamiyatlisi, unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham nufuzli o‘rinlarni egallashyapti.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ortda qolgan kun dasturida sportchilarimiz 1 ta oltin va 1 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi:
Oltin medal:
140 sm (to‘siq balandligi): Abdurahmon Abdullaev (“Otto van de Achterhoek” laqabli otda)
Bronza medal:
140 sm: Bekzod Qurbonov (“Matts VG”)
Fikrlar