
Oston O‘runovning jamoasini yangi bosh murabbiyi qachon e’lon qilinadi?
"Ufa" klubi bosh direktori Shamil Gazizov kecha jamoaning yangi bosh murabbiyi 8 aprel kuni e’lon qilinishini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Rashid Raximov “Ufa” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi.
"Men yangi bosh murabbiy kimligini bilaman. Ammo uni hozir e’lon qishni xohlamayman. Muxlislar qachon biladi? Ertaga, hammasi ertaga ", - deb javob berdi Gazizov.
Mish-mishlarga qaraganda, "Ufa"ning yangi ustozi Aleksey Stukalov bo‘ladi. U yaqindagina "Veles" klubidan iste’foga chiqarilgan edi.
Moskvaning “Spartak” klubiga tegishli bo‘lgan hamyurtimiz Oston O‘runov mavsumning ikkinchi qismini aynan “Ufa” klubida ijara asosida o‘tkazmoqda. Kecha ufaliklar Rossiya kubogi chorak finali doirasida safarda “Axmat”ga (1:0) imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘runov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiraga olindi.
“Ufa” o‘zining navbatdagi o‘yinini 10 aprel kuni RPLning 25-turi doirasida “Axmat”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar