
Oston O‘runov “Ximki”ga o‘tishi mumkinmi? Klub murabbiyi oydinlik kiritdi
"Ximki" bosh murabbiyi Sergey Yuran klubning yozgi transferlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U O‘zbekiston terma jamoasi va “Spartak” futbolchisi Oston O‘runovning “qizil-qoralar” safiga o‘tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.
- “Spartak” futbolchisi Oston O‘runov bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirsangiz?
- Ha, O‘runov borasida “Spartak” bilan muzokara olib bordik. Biz ularga futbolchini bir mavsumga ijaraga olishni taklif qildik. Barchasi Ostonning maoshiga bog‘liq edi, chunki "Ximki"da ma’lum bir chegara bor. Biz ish haqining bir qismini to‘lashga tayyor ekanligimizni, qolganini esa spartakchilarga to‘lashni taklif qildik. Chunki futbolchining o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi ular uchun foydali. Ammo hozircha hech narsa aniq emas. Ehtimol, yaqin vaqt ichida kelishuvga erisharmiz yoki yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov o‘tgan mavsumni “Ufa”da ijara asosida o‘tkazdi. Chempionat tugaganidan keyin legionerimiz yana poytaxtliklar safiga qaytdi.
Fikrlar