
Oston O‘runov “Ufa”ga qaytishi mumkinmi?
“Ufa” bosh direktori Shamil Gazizov “Sport-express.ru” sayti bilan suhbatda Oston O‘runov bilan shartnoma imzolanishi mumkinligi haqida gapirdi. Oldinroq "Spartak" bosh direktori Evgeniy Melejikov "qizil-oqlar" yarim himoyachi bilan shartnomani bekor qilishni rejalashtirayotgani haqida aytgandi.
- Melejikovning O‘runov bilan shartnoma bekor qilinishi mumkinligi haqida gapirdi. Balki...
- “Ufa”da legionerlar uchun barcha o‘rinlar band.
O‘runovning qaytishi mumkin emasmi?
- Yana bir bor aytaman. Bizda legionerlar uchun barcha pozitsiyalar band. Lekin men hech narsani istisno qila olmayman.
Avvalroq O‘runov "Ximki"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. 21 yoshli o‘zbekistonlik yarim himoyachi mazkur jamoaga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor.
O‘runovning “Spartak” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. U 2020 yildan beri Moskva klubida o‘ynab kelmoqda. Oston o‘tgan mavsum “qizil-oqlar” safida 9 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.
Fikrlar