
Oston O‘runov BAAga etib keldi (Foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 dekabrdan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shu kungacha Srechko Katanets qo‘l ostida Superligada to‘p tepgan va xorijdagi ligada mavsumni yakunlangan futbolchilar shug‘ullanayotgandi. O‘FA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oston O‘runov yig‘inda ishtirok etish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga etib kelishdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumni "Navbahor"da o‘tkazgan O‘runov ayni paytda erkin agent bo‘lib turibdi.
Fikrlar